Jahon

Rossiyada bir qator muftiy va musulmon diniy arboblar qo‘lga olinmoqda

Mazkur jarayonlar Rossiya Musulmonlari diniy boshqarmasi hamda uning rahbari atrofidagi jarayonlar bilan bog‘lamoqda.

Rossiyada bir qator muftiy va musulmon diniy arboblar qo‘lga olinmoqda

Rossiyaning turli hududlarida muftiylar va musulmon diniy-jamoat arboblarining qo‘lga olinishi hamda hibsga olinishi holatlari kuzatilmoqda. Ayrimlarga poraxo‘rlik, boshqalarga esa terrorchilik tashkilotlari bilan aloqadorlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Bu haqda Meduza yozmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mordoviya muftiysi Rail Asainov pora berishga urinishda gumon qilinib qo‘lga olingan. Tergov talqiniga ko‘ra, u universitet talabalarining sessiyani topshirishi uchun ta’lim muassasasi vakiliga pora taklif qilgan. Keyinchalik Asainov ozod etilgan. U bilan birga yana bir necha musulmon jamoasi faollari ham ushlangani aytilmoqda.

 

Moskvada esa Janubiy Butovo masjidi imomi, Kareliyaning sobiq muftiyi Visam Ali Bardvil 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingan. U Sheremetyevo aeroportida politsiya talabiga bo‘ysunmaganlikda ayblanmoqda.

 

“Kommersant” nashrining yozishicha, may oyida “Musulmon birodarlar” tashkiloti faoliyatida ishtirok etganlik ayblovi bilan bir necha diniy arboblar va jamoatchilik vakillari hibsga olingan. Ular orasida “Shimoli-g‘arb musulmonlari hamjamiyati”ning sobiq rahbari Muhammad Xenni, Saratov viloyati muftiysi o‘rinbosari Nidal al Xixa hamda ingush ilohiyotchisi Ahmad Tangiyev bor. Qo‘lga olish ishlari Sankt-Peterburg, Saratov va Shimoliy Osetiyada o‘tkazilgani bildirilmoqda.

 

Ekspertlar va ayrim mustaqil OAV ushbu ishlarni Rossiya Musulmonlari diniy boshqarmasi (DUM) hamda uning rahbari muftiy Ravil Gaynutdin atrofidagi jarayonlar bilan bog‘lamoqda. 

 

Siyosatshunos va islomshunoslar bu holatlarni diniy tuzilmalarga bosim kuchaygani bilan izohlamoqda.

 

Mutaxassislar qayd etishicha, DUM so‘nggi yillarda Rossiya hukumatiga sodiq pozitsiyada bo‘lish bilan birga, migrantlar huquqlari, masjidlar faoliyati va musulmonlarning diniy amaliyotlariga oid ayrim masalalarda mustaqil nuqtayi nazarni ham bildirib kelgan.

 

Shu bilan birga, ekspertlar terrorchilik tashkiloti bilan aloqadorlik haqidagi ayblovlarga ehtiyotkorona yondashmoqda. Ularning fikricha, bu kabi ishlar Rossiyadagi musulmon diniy tuzilmalari o‘rtasidagi ta’sir va nazorat masalalari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Rossiya Musulmonlari diniy boshqarmasi hamda Muftiylar kengashi hozircha ushbu hibslar yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.