Jinoyat

Sergeli avtomobil bozorida 100 nafar olib-sotarning faoliyatiga chek qo‘yildi

Shuningdek, fuqarolarni aldab, yirik miqdordagi firibgarlik sodir etgan ikki shaxs 8-9 yilga qamaldi.

Sergeli avtomobil bozorida 100 nafar olib-sotarning faoliyatiga chek qo‘yildi

Toshkent shahridagi Sergeli avtomobil va ehtiyot qismlar bozorida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 100 nafar noqonuniy vositachi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, xalq orasida “saygak” yoki “olib-sotar” deb ataluvchi shaxslar xaridorlarga ehtiyot qismlarni arzon narxda va tezkor tarzda topib berishni va’da qilgan, biroq amalda mahsulotlarni bozor narxidan ikki-uch baravar qimmatga sotib kelgan.

 

IIBBga ko‘ra, bunday vositachilar faoliyati sifatsiz mahsulotlar savdosining ko‘payishiga, narxlarning sun’iy oshishiga hamda xaridorlarning bozorga bo‘lgan ishonchi pasayishiga sabab bo‘lmoqda.

 

O‘tkazilgan reydlar davomida bozorda noqonuniy faoliyat yuritayotgan va vositachilik bilan shug‘ullanayotgan 100 nafar shaxs aniqlanib, ular tuman ichki ishlar organlariga olib borilgan. Ulardan 50 nafari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan, 30 nafariga nisbatan esa ma’muriy qamoq va jarima jazolari qo‘llanilgan.

 

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil va 2026-yilning o‘tgan davri davomida mazkur bozor hududida noqonuniy harakatlar bilan bog‘liq qariyb 10 ta jinoyat ishi aniqlangan.

 

Xususan, 2026-yil yanvar oyida fuqarolarga arzon avtomobil olib berishni va’da qilib, ularning mablag‘larini o‘zlashtirgan ikki shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgan. Sud qarori bilan fuqaro Tojiboyev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan aybdor deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Xuddi shu modda bilan ayblangan fuqaro Sherqobilov esa 8 yilga qamalgan.

 

IIBBning qayd etishicha, tadbirlardan so‘ng bozordagi vaziyat yaxshilangani, xaridorlar va tadbirkorlar tomonidan savdo jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik kuchaygani ta’kidlangan.

 

Ichki ishlar organlari fuqarolarga mahsulot va xizmatlarni faqat rasmiy hamda ishonchli savdo nuqtalari orqali xarid qilishni tavsiya etdi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"