Jahon

Hindistonda kuchli yomg‘ir va bo‘ron oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning to‘rt shtatida yuz bergan kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq va bo‘ronlar oqibatida o‘nlab odamlar jarohat oldi hamda infratuzilmaga jiddiy zarar yetdi.

Hindistonda kuchli yomg‘ir va bo‘ron oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Uttar-Pradesh, Bihar, G‘arbiy Bengal va Madhya-Pradesh shtatlarida kuzatilgan kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq va bo‘ronlar oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi va infratuzilmaga zarar yetdi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.

 

Hindistonning bir nechta hududlarida yuz bergan keskin ob-havo sharoiti keng ko‘lamli talafotlarga sabab bo‘ldi. Eng ko‘p qurbonlar Uttar-Pradesh shtatida qayd etilib, bu yerda uchta tumanda kamida 11 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hamirpur tumanida Betva daryosi ustida qurilayotgan ko‘prikning bir qismi bo‘ron vaqtida qulab tushgan. Hodisa oqibatida to‘rt ishchi va ikki qo‘riqchi halok bo‘lgan. Qurilish maydonida bo‘lgan yetti ishchidan uchtasi qutqaruv xizmatlari tomonidan tirik chiqarilgan.

 

Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanat halok bo‘lganlar oilalariga 500 ming rupiy, jarohatlanganlarga esa 50 ming rupiy miqdorida yordam ajratilishini ma’lum qildi.

 

Kaushambi tumanida esa daraxt loydan qurilgan uy ustiga qulab tushishi natijasida bir oilaning uch a’zosi, jumladan ikki bola halok bo‘lgan. Yana bir bola jarohatlangan. Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan 04:00 da sodir bo‘lgan.

 

Jalaun tumanida kuchli shamol va chaqmoq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, kamida yetti kishi jarohat olgan. Shuningdek, 23 bosh chorva nobud bo‘lgani, 45 ta uy qisman zarar ko‘rgani bildirilgan.

 

G‘arbiy Bengal shtatida ham kuchli yomg‘ir va bo‘ronlar oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan. Hindiston Meteorologiya departamenti ogohlantirish berishidan avvalroq ham ko‘plab hududlarda talafotlar qayd etilgan.

 

Bihar shtatida ham noqulay ob-havo sharoiti qurbonlar va jarohatlanganlarga sabab bo‘lgan bo‘lib, kamida yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan.

 

Rasmiylar zarar ko‘lamini aniqlash va qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"