Jahon

Rossiya migrantlar nazoratini kuchaytirmoqchi

Rossiya IIV xorijiy davlatlarda migratsiyagacha tayyorgarlik markazlarini tashkil etib, migrantlarga mamlakatga kirishidan avval elektron identifikatsiya kartalarini berishni rejalashtirmoqda.

Rossiya migrantlar nazoratini kuchaytirmoqchi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mehnat migrantlarini nazorat qilish tizimini kuchaytirish maqsadida migratsiya hablari tarmog‘ini yaratish va xorijiy fuqarolarga Rossiyaga kelishidan oldin identifikatsiya kartalarini berishni rejalashtirmoqda.Bu haqda Rossiya IIVning Fuqarolik va xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha xizmatining Migratsiya xavfsizligi departamenti boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Aleksey Yegorov Xalqaro xavfsizlik forumida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

 

Yegorovning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy fuqarolarni tekshirish Rossiya hududida tashkil etiladigan migratsiya hablarida ham, migrantlar kelayotgan mamlakatlardagi maxsus tayyorgarlik markazlarida ham amalga oshiriladi.

 

Yangi tizim doirasida migrantlarga elektron axborot tashuvchiga ega identifikatsiya kartalari berilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur karta mehnat shartnomasini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda xorijiy fuqaro haqidagi to‘liq ma’lumotlarni, jumladan biometrik ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.

 

Rossiya IIV vakili ushbu chora-tadbirlar noqonuniy migratsiyani qisqartirish, mamlakat hududida noqonuniy yashayotgan xorijiy fuqarolar sonini kamaytirish va huquqbuzarliklar darajasini pasaytirishga qaratilganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, vazirlik tashkil etilgan maqsadli tanlov asosida ishga jalb qilinadigan mehnat migrantlari ulushini oshirish hamda Rossiyaning “an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlari”ni qo‘llab-quvvatlaydigan xorijiy fuqarolarni jalb etishga intilayotganini bildirdi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.