Jinoyat

Namanganda qarz mojarosi sabab 21 yoshli yigit “samosud” qilindi

Yigitni urib-do‘pposlaganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Namanganda qarz mojarosi sabab 21 yoshli yigit “samosud” qilindi

Namangan shahrida qarz masalasi yuzasidan kelib chiqqan mojaro oqibatida 21 yoshli yigit bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Namangan IIB xabar berdi.

 

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 31-may kuni Namangan shahrining “Dashtbog‘” mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

 

Aniqlanishicha, Yangi Namangan tumanida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan N.X., 2000-yilda tug‘ilgan N.A., 2000-yilda tug‘ilgan O.A. hamda 2007-yilda tug‘ilgan A.A. Namangan shahrida yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan I.A. bilan qarz masalasida tortishib qolgan.

 

Mojaro davomida ushbu shaxslar I.A.ni bir guruh bo‘lib urib-do‘pposlagan. Natijada jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida hodisaning barcha ishtirokchilari aniqlangan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.X., N.A., O.A. va A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda jinoyat ishi doirasida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"