O'zbekiston

O‘zbekistonda 4 kun davomida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir sabab yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etilgan.

O‘zbekistonda 4 kun davomida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

 

“O‘zgidromet” 2–5 iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, kutilayotgan yomg‘irlar sabab Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlarida sel-suv toshqini hodisalari kuzatilishi mumkin.

 

Xususan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari, Surxondaryoning Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on hamda Muzrobot tumanlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.

 

Shuningdek, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida ham sel kelishi ehtimoli mavjud.

 

“O‘zgidromet” tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.

 

Bundan tashqari, ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir sabab yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etilgan.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"