O'zbekiston

O‘zbekistonda chang-to‘zon va kuchli shamol bo‘yicha ogohlantirish berildi

Ayrim hududlarda shamol 18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonda chang-to‘zon va kuchli shamol bo‘yicha ogohlantirish berildi

 

Maxsus komissiya bugun respublika hududida, xususan, Toshkent shahri va bir qator viloyatlarda qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkinligi yuzasidan ogohlantirdi.

 

Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin mintaqaviy markazi hamda O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida nam havo oqimlari kirib kelishi arafasida qisqa muddatli chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

 

Prognozlarga muvofiq, kun davomida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Shamol tezligi 10–12 m/s gacha, ba’zi hududlarda esa 12–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shamol kuchayishi fonida chang-to‘zonlar vaqtincha yuzaga kelishi ehtimoli bor.

 

Qayd etilishicha, mazkur jarayonlar natijasida atmosfera havosida, xususan PM10 chang zarrachalari miqdori qisqa muddatga ortishi mumkin. Biroq bu holat vaqtinchalik bo‘lib, kunning ikkinchi yarmida kutilayotgan qisqa muddatli yog‘ingarchilik hisobiga havo asta-sekin tozalanishi prognoz qilinmoqda.

 

Mutaxassislar shamol kuchaygan paytlarda, ayniqsa nafas yo‘llari kasalliklari, allergik va yurak-qon tomir xastaliklari mavjud fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etadi. Zarurat bo‘lmaganda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda himoya niqoblaridan foydalanish tavsiya etiladi.

 

Hozirda atmosfera havosi holati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinib, vaziyat nazorat ostida saqlanmoqda.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.