Jahon

Ebola vaksinasini ishlab chiqish uchun 60 million dollar ajratiladi

Yangi Ebola shtammiga qarshi vaksina bo‘yicha klinik sinovlar yaqin oylarda boshlanishi mumkin.

Ebola vaksinasini ishlab chiqish uchun 60 million dollar ajratiladi

 

Ebola virusining Bundibugyo shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqishni tezlashtirish maqsadida Epidemiyalarga tayyorgarlik innovatsiyalari bo‘yicha global tashkilot (CEPI) tomonidan qariyb 60 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Mazkur moliyalashtirish doirasida vaksina ishlab chiqish va klinik tadqiqotlarni jadallashtirish ishlari amalga oshiriladi. Mablag‘lar Moderna kompaniyasi, Oksford universiteti hamda Xalqaro OITSga qarshi vaksina tashabbusi (IAVI)ga yo‘naltiriladi.

 

CEPI rahbari Richard Xetchettning ma’lum qilishicha, vaksina ustidagi dastlabki sinovlar yaqin bir necha oy ichida boshlanishi mumkin. Shu bilan birga, u klinik jarayonlar murakkab bo‘lishi va xavfsizlik vaziyati tadqiqotlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etgan.

 

Hozircha Bundibugyo shtammi uchun tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usullari mavjud emas. Mutaxassislar yangi vaksina ishlab chiqilishi epidemiologik xavflarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.

 

Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida 282 ta infeksiya holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 42 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Ugandada esa 9 ta holat, jumladan 1 ta o‘lim qayd etilgan.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"