O'zbekiston

Farg‘onada 2 kilogrammdan ortiq gashishni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi ushbu giyohvandlik vositalarini Qirg‘iziston hududidagi jinoiy sherigidan qabul qilib olgan va ularni Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.

Farg‘onada 2 kilogrammdan ortiq gashishni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

 

Farg‘onada kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan, Farg‘ona tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

 

Tekshiruv davomida transport vositasi salonidan jami 2 kilogramm 40 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi hamda 5600 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi aniqlandi va belgilangan tartibda musodara qilingan.

 

Tergovga qadar o‘tkazilgan surishtiruvlarda aniqlanishicha, gumonlanuvchi ushbu giyohvandlik vositalarini Qirg‘iziston hududidagi jinoiy sherigidan qabul qilib olgan va ularni Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan fuqaro ustidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda), 251-1-moddasi hamda 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

custom img

“Bolalar — jamiyatimizning eng qimmatli boyligi” — Ziroat Mirziyoyeva

O‘zbekiston Birinchi xonimi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalarni tabriklab, ularning baxtli va xavfsiz hayot kechirishi eng ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

custom img

Prezident kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tanqid qildi

Davlat rahbari kimyo sanoati o‘sish sur’atlari mamlakat sanoatidagi umumiy ko‘rsatkichlardan ancha past ekanini qayd etdi.

custom img

Prezident “Kmita Polymers” korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

Korxonada yiliga 9,5 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi polimer mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

custom img

Qashqadaryoda 9 yoshli bolani daryodan qutqargan FVV xodimi taqdirlandi

Mayor Husniddin Sharapovga "Aʼlo xizmatlari uchun" koʻkrak nishoni va pul mukofoti topshirildi.

custom img

“Boshlang‘ich ta’lim ona tilida bo‘lishi kerak” — Alisher Qodirov

Qodirov boshlang‘ich bosqichning boshqa tilda o‘qitilishi bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatishini alohida takidlkadi.

custom img

Andijonda 19 yoshli yigit o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

Oilaviy kelishmovchilik sabab o‘z joniga qasd qilishga uringan yigit qutqarib qolindi.

custom img

Xalqaro tashkilotlardagi o‘zbekistonliklar mamlakat nufuzini yuksaltirmoqda — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Venada xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbari bilan uchrashdi

Tomonlar ayollar, bolalar va yoshlarni himoya qilishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan ham fikr almashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"