Sport

“Xatolarni rasmiy o‘yinlarda emas, o‘rtoqlik uchrashuvlarida qilish yaxshi” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi  jamoaning o'yini va o'yin natijasi haqida fikr bildirdi.

“Xatolarni rasmiy o‘yinlarda emas, o‘rtoqlik uchrashuvlarida qilish yaxshi” — Fabio Kannavaro

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng jamoa o‘yini va natijaga izoh berdi.

 

Mazkur bahsda O‘zbekiston terma jamoasi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

 

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqan murabbiy o‘yin davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularning sabablari haqida to‘xtalgan.

 

“Har qanday o‘yinda xatolar bo‘ladi. Ularni o‘n kundan keyingi rasmiy uchrashuvlarda emas, aynan shunday o‘rtoqlik o‘yinlarida qilish yaxshiroq. Bu futbolning bir qismi”, — degan murabbiy.

 

Uning ta’kidlashicha, birinchi bo‘limda jamoa tartibli va agressiv harakat qilgan, ikkinchi bo‘limda esa temp pasayib, to‘p nazorati yo‘qotilgan.

“Ikkinchi bo‘limda to‘pni ko‘proq nazorat qilishni istadik, ammo shiddatni yo‘qotdik va bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bunday darajadagi o‘yinlarda bunday xatolar jazosiz qolmaydi”, — deya ta'kidlagan Kannavaro.

 

Murabbiy Kanada terma jamoasini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelilishini, jamoa so‘nggi yillarda ular sezilarli darajada o‘sganini bilirib, terma jamoa haqida ham ijobiy fikr bildirgan.

 

Shuningdek, murabbiy muxlislar qo‘llab-quvvatlovini alohida e’tirof etgan:

“Ob-havo sovuq bo‘lishiga qaramay, stadionga ko‘plab muxlislar keldi. Bunday qo‘llab-quvvatlash ostida o‘ynash juda yoqimli. Ularning barchasiga minnatdorchilik bildiraman”.

 

2026-yilgi jahon chempionatidagi raqiblar haqida fikr bildirar ekan, murabbiy quyidagilarni qayd etgan:

“Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi juda kuchli jamoalar. Biz uchun bu tarixiy imkoniyat. Yutqazadigan hech narsamiz yo‘q, faqat tajriba orttirishimiz kerak”.

 

Murabbiy, shuningdek, futbolchi Abduqodir Husanov haqida ham alohida to‘xtalgan:

“Husanov juda iqtidorli futbolchi. Uning salohiyati yuqori. U ba’zan haddan tashqari agressiv harakat qiladi, ammo vaqt o‘tishi bilan yanada yetuk futbolchiga aylanadi”, — deya ta'kidlagan Kannavaro.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.