O'zbekiston

Soliq qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz”ga aloqador yirik talon-torojlik: byudjetdan 643,2 mlrd so‘m o'zlashtirildi

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi loyihasi doirasida QQSdan ozod etilgan xizmatlar uchun elektron hisob-fakturalarga noqonuniy ravishda QQS summalari kiritilgan.

Soliq qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz”ga aloqador yirik talon-torojlik: byudjetdan 643,2 mlrd so‘m o'zlashtirildi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Soliq qo‘mitasining komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida 643,2 milliard so‘mlik byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holat fosh etildi. 

 

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning ma'lum qilichicha, Soliq qo‘mitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi doirasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun noqonuniy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalarini elektron hisob-fakturalarga kiritgan.

 

Ammo, mazkur loyiha bo‘yicha 5,3 trillion so‘mlik xizmatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq QQSdan ozod etilgan. Shunga qaramay, noqonuniy ravishda shakllantirilgan QQS mablag‘lari ayrim korxonalar hisob raqamlariga qaytarilishiga hamda davlat oldidagi qarzdorliklarning yopilishiga erishilgan.

 

Oqibatda davlat byudjetiga tegishli 643,2 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.