O'zbekiston

Jizzaxda harakatlanayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Jizzaxda harakatlanayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

 

Bugun, 6-iyun kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida harakatlanib ketayotgan yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.

 

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa soat 06:39 da M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani “Xonimqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi 1027-kilometrida qayd etilgan. Samarqand–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk avtomobili texnik nosozlik yoki boshqa sabablar oqibatida yonib ketgan.

 

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilib, ular soat 07:10 da yetib borgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 07:48 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida konditsioner ortilgan yuk mashinasi yonib ketgani xabar qilingan edi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident tashrif davomida Milliy pedagogika universiteti kampusi, Milliy kutubxona, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va zamonaviy futbol stadioni qurilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

custom img

O‘zbekistonda avgust quruq va issiq boshlanadi, oy oxirida salqin tushishi kutilmoqda

Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, oy oxiriga borib esa 25–30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

custom img

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi

Tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.

custom img

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilgan.

custom img

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishdan olindi

Yangi energetika vaziri, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari hamda Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i bugundan boshlab mutlaqo yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.

custom img

“Energetikadagi muammo mablag‘da emas, tizimni boshqarishda” —Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari iyun–iyul oylarida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgani oqibatida aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolganini qayd etdi.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab qarzdorning mashinasi xatlandi

Shundan so‘ng qarzdor korxona soliq qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

custom img

Qo‘qonda kreditini to‘lamagan ayol mashinasi xatlangach, qarzlarini bir kunda to‘liq bartaraf etdi

Maʼlum bo‘lishicha, uning bankdan 317 mln krediti bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"