O'zbekiston

Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi

Uning qarzdorligi qariyb 71 million so‘mni tashkil etgan.

Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi

 

Navoiy viloyatining Karmana tumanida aliment to‘lovlarini uzoq muddat davomida to‘lamasdan kelgan fuqaro Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyat sudi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning aliment bo‘yicha qarzdorligi qariyb 71 million so‘mni tashkil etgan. U ikki yil davomida sud qarori bilan belgilangan majburiyatlarini bajarmasdan, aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab kelgan.

 

Qidiruv tadbirlari davomida Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdorni yashash manzilida aniqlagan. Tekshiruv jarayonida fuqaro uy hovlisidagi yozgi oshxonada joylashgan tandir ichida yashiringani ma’lum bo‘lgan.

 

Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdor ushlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan. Sud qaroriga asosan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.