O'zbekiston

Qurilish sohasida “sirli mijoz” usuli joriy etiladi

Ushbu tadbirlar har chorakda kamida bir marta o‘tkazilishi belgilangan.

Qurilish sohasida “sirli mijoz” usuli joriy etiladi

O‘zbekistonda qurilish sohasida korrupsiya holatlarining oldini olish va profilaktikani kuchaytirish maqsadida “sirli mijoz” mexanizmi joriy etiladi. Bu haqda prezidentning 5-iyundan kuchga kirgan 104-sonli farmonida belgilandi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil oktyabr oyidan boshlab Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining komplayens nazorat xizmati faoliyatida qurilish jarayoni ishtirokchilarining korrupsiyaviy xatti-harakatlarini erta aniqlashga qaratilgan “sirli mijoz” tadbirlari yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tadbirlar har chorakda kamida bir marta o‘tkazilishi belgilangan.

 

Shuningdek, farmonda noqonuniy qurilishlarning oldini olish bo‘yicha ham yangi tartiblar nazarda tutilgan. Xususan, 2026-yil sentyabrdan boshlab yerga oid huquq vujudga kelgan vaqtdan qurilishni boshlashgacha bo‘lgan jarayonda qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha ogohlantirish (eslatma) tizimi joriy etiladi.

 

Bunda yerga egalik huquqini beruvchi hujjatlar — auksion, oldi-sotdi shartnomasi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi jarayonida mulkdorlarga OneID tizimi orqali qurilishni boshlash tartibi haqida elektron ogohlantirish yuborilishi ko‘zda tutilgan.

 

2026-yil noyabrdan esa O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “online-mahalla.uz” tizimi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. Natijada mahallalarda hokim yordamchilari hududdagi yangi qurilishlar haqida vakolatli organlarni xabardor qilib boradi.

 

Shuningdek, 2026-yil dekabrga qadar o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni tashqi muhandislik tarmoqlaridan (elektr, suv, yo‘l) uzib qo‘yish tartibini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yilda “sirli mijoz” usulidagi nazorat tizimi mamlakatda tibbiyot, dorixona xizmatlari faoliyatida ham joriy etilgan.

custom img

“Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Marosimda uyushmaga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga ham a’zolik guvohnomalari topshirildi.

custom img

63 va 58 yosh: pensiya yoshi o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda.

custom img

O‘zbekiston diplomi Yevropaga yo‘l ochadimi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lami kengaytiriladi.

custom img

O‘zbekiston va BMT Turizm: 2027-yil xalqaro ochilish marosimi Toshkentda o‘tkaziladi

O‘zbekiston va BMT barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi.

custom img

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

custom img

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

Ijobiy natija qayd etilgan yoki namuna topshirishdan bosh tortganlar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

custom img

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"