Jinoyat

Surxondaryoda 4 ming dollarga IJQKDga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

U yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni ishga joylamoqchi bo‘lgan.

Surxondaryoda 4 ming dollarga IJQKDga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyatida fuqaroni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, pul olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IJQKD xabar berdi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.L.ning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Tergovga qadar tekshiruv materiallariga ko‘ra, u fuqaro S.N.ga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga 4 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida B.L. kelishilgan pullar hisobidan 48 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"