O'zbekiston

Elektron ko‘targichlar nima uchun ishlamayapti? — Metropoliten javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda metro bekatlaridagi elektron panduslar ishlamayotgani va noqulayliklar borligi haqida xabarlar tarqaldi.

Elektron ko‘targichlar nima uchun ishlamayapti? — Metropoliten javob berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda metro bekatlarining kirish va chiqish qismlarida o‘rnatilgan elektron ko‘targich qurilmalari (panduslar) ishlamayotgani hamda ulardan foydalanishda ayrim noqulayliklar mavjudligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” rasmiy izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Toshkent metrosidan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada oshgani sababli harakatlanishda imkoniyati cheklangan shaxslar va keksa yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida metro bekatlarida zamonaviy elektron ko‘targich panduslari o‘rnatilmoqda.

 

Mazkur loyiha Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida amalga oshirilmoqda. Qurilish-montaj ishlari esa “Texnopark” MCHJ tomonidan bajarilmoqda.

 

Hozirda ushbu panduslarni o‘rnatish, sozlash va sinovdan o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda. Shu sababli qurilmalar hali to‘liq ishga tushirilmagan.

 

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, panduslarni tez va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga bir necha bor rasmiy murojaatlar yuborilgan. Shuningdek, bu masala Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ko‘rib chiqilib, tegishli topshiriqlar berilgan.

 

Ta’kidlanishicha, elektron panduslar hozircha “Toshkent metropoliteni” balansiga qabul qilinmagan bo‘lib, barcha texnik va qabul qilish jarayonlari yakunlangachgina ular korxona tasarrufiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, har bir pandus yonida undan foydalanish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘rnatilayotgani ma’lum qilingan.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"