O'zbekiston

Nurafshon shahar hokimi Ilhom Qilichxonov lavozimidan ozod etildi

Avvalroq, Prezident videoselektor hokimni tadbirkor muammosini hal etishdagi sustkashlik uchun tanqid qilgandi.

Nurafshon shahar hokimi Ilhom Qilichxonov lavozimidan ozod etildi

 

Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Ilhom Qilichxonov faoliyatini boshqa lavozimda davom ettiradi. Ma’lum qilinishicha, 8-iyun kuni Toshkent viloyatida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

 

Ilhom Qilichxonov 2023-yil aprel oyidan buyon Nurafshon shahri hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U mazkur lavozimga tayinlanishidan avval Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Nurafshon shahri, G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari rahbarlarining lavozimiga loyiqligini qayta ko‘rib chiqish topshirilgandi.

 

Mazkur yig‘ilishda Nurafshon shahar hokimi faoliyati ham tanqid ostiga olingan edi. Xususan, ikki yildan buyon qurilish ishlarini boshlay olmayotgan tadbirkor muammosini hal etish o‘rniga, masalaning qanday qilib Prezident darajasigacha yetib borgani bilan qiziqayotgani qayd etilgandi.

 

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.