O'zbekiston

Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etiladi

Komplayens xizmati korrupsiyaning oldini olish, xodimlar tomonidan qonunchilik va kasb etikasi talablariga rioya etilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.

Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.

 

Unda sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

 

Xususan, sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmatini tashkil etish taklif qilindi. Mazkur xizmat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oliy sud raisiga bo‘ysunib, hududiy sudlarda faoliyat yurituvchi komplayens inspektorlaridan iborat bo‘ladi.

 

Taqdimot davomida sud tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qator boshqa choralar ham muhokama qilindi. Xususan, sudlar apparatida xavfi yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlanadi, xavf darajasi yuqori jarayonlarni raqamlashtirish va inson omilini kamaytirish choralari ko‘riladi.

 

Shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlari uchun daromad hamda mol-mulk deklaratsiyalarini taqdim etish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini joriy etish, korrupsiya va intizom buzilishlari xavfini aniqlovchi axborot tizimlarini ishga tushirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

 

Bundan tashqari, sud apparatiga ishga qabul qilish tizimini ochiq tanlov va meritokratiya tamoyillari asosida tashkil etish, nomzodlarning kasbiy va axloqiy sifatlarini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish taklif etildi.

 

Xodimlar uchun manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi faoliyat va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, chet elda hisobvaraq ochish kabi cheklovlar nazarda tutiladi.

 

Taqdimotda sud apparati xodimlari uchun ixtisoslashgan xizmat kiyimini joriy etish taklifi ham ko‘rib chiqildi. Bu xodimlar mas’uliyati, xizmat intizomi va etika madaniyatini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

 

Davlat rahbari sud tizimida shaffoflik, halollik va adolat muhitini mustahkamlash fuqarolarning sudlarga bo‘lgan ishonchini oshirishda muhim omil ekanini ta’kidlab, ilgari surilgan takliflarni puxta ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.