Jahon

Pashinyan saylovda g‘alaba qozondi

Armanistondagi parlament saylovlarida Pashinyan partiyasi 50,07 foiz ovoz to‘plab, yetakchilik mavqeini saqlab qoldi.

Pashinyan saylovda g‘alaba qozondi

 

Armanistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, Bosh vazir Nikol Pashinyan boshchiligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi eng ko‘p ovoz to‘pladi. Bu haqda NEW.am nashri xabar berdi.

 

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, byulletenlarning 94 foizi qayta ishlangach, hukmron siyosiy kuch 50,07 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egallagan.

 

Ikkinchi o‘rinda milliarder Samvel Karapetyan yetakchiligidagi “Kuchli Armaniston” ittifoqi 23,35 foiz ovoz bilan qayd etilgan.

 

Uchinchi natijani esa Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyan boshchiligidagi “Armaniston” bloki ko‘rsatib, saylovchilarning 9,96 foiz qo‘lloviga erishgan.

 

Shuningdek, “Gullab-yashnayotgan Armaniston” partiyasi 3,99 foiz, “Birlik qanotlari” partiyasi esa 2,28 foiz ovoz to‘plagan.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, yangi parlament tarkibida uchta siyosiy kuch — “Fuqarolik shartnomasi”, “Kuchli Armaniston” va “Armaniston” bloklari vakillik qilishi kutilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida jami 18 ta siyosiy partiya va blok ishtirok etgan. Qonunchilikka ko‘ra, partiyalar uchun saylov to‘sig‘i 4 foiz, bloklar uchun esa ularning tarkibiga qarab 8–10 foiz etib belgilangan.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.