O'zbekiston

Qarshida “zapravka” portladi

Portlashdan so‘ng yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Qarshida “zapravka” portladi

 

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida joylashgan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 8-iyun kuni soat 13:50 atrofida Qarshi tumani “Chaman” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan gaz quyish shoxobchasida yuz bergan.

 

Xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan. Hozirda portlash oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish va vaziyatni to‘liq nazoratga olish ishlari olib borilmoqda.

 

Mas’ul xizmatlar tomonidan hodisaning sabablari va oqibatlariga aniqlik kiritilmoqda. Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Denovda gaz zapravkada portlash sodir bo'lgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.