O'zbekiston

Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy savdo bilan shug‘ullangan shaxslarning suratlari ilib qo‘yildi

Ushbu bozorda 100 nafar “saygak”ning faoliyatiga chek qo‘yilgandi.

Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy savdo bilan shug‘ullangan shaxslarning suratlari ilib qo‘yildi

Sergeli avtomobil bozori hududida ogohlantiruvchi stend o‘rnatilib, unga noqonuniy savdo bilan shug‘ullangani aytilayotgan 40 nafar shaxsning fotosurati joylashtirildi. Ulardan 39 nafari erkak, 1 nafari ayol kishi. Har bir surat tagida fuqaroning ism-familiyasi va tug‘ilgan yili aniq ko‘rsatilgan.

 

Bozor ma’muriyati xaridor va sotuvchilarni ushbu shaxslarga aldanib qolmaslikka chaqirmoqda. 

 

Avvalroq, ushbu bozorda 100 nafar “saygak”ning faoliyatiga chek qo‘yilgandi.

 

IIBBga ko‘ra, bunday vositachilar faoliyati sifatsiz mahsulotlar savdosining ko‘payishiga, narxlarning sun’iy oshishiga hamda xaridorlarning bozorga bo‘lgan ishonchi pasayishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Shuningdek, 2025-yil va 2026-yilning o‘tgan davri davomida mazkur bozor hududida noqonuniy harakatlar bilan bog‘liq qariyb 10 ta jinoyat ishi aniqlangan.

custom img

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqqan 172 kishi jarimaga tortildi

Huquqbuzarlarga jami 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning otasi, mamlakatning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

custom img

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Yangi tuzilma Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida tashkil etilib, xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalarini bir platformada birlashtirishi ko‘zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan yuqori haydovchilar soni 671 nafarga yetdi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan qariyb 400 ming haydovchiga ma’muriy ogohlantirish qo‘llanilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Cheklovlar 13-iyuldan boshlanib, hududlarga qarab 15–18-iyulgacha amal qiladi.

custom img

O‘zbekistonliklar 5 oyda sog‘liqni saqlash xizmatlariga 9,1 trln so‘m sarfladi

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

custom img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi ishtirokchilarining murojaati

Ishtirokchilar forumda qabul qilingan qarorlar dunyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, adolat va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"