O'zbekiston

Andijonda 4 nafar egizak tug'ildi

Ko‘p homilali tug‘ruq natijasida uch o‘g‘il va bir qiz dunyoga keldi.

Andijonda 4 nafar egizak tug'ildi

 

Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ayol bir yo‘la 4 nafar egizak — uch nafari o‘g‘il va bir qizaloq dunyoga keltirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filialida noyob tug‘ruq muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

 

Andijon shahridagi “G‘ayrat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Odinaxon Muhammadjonova 2-iyun kuni ko‘p homilali homiladorlik tashxisi bilan mazkur tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Bir necha kunlik tibbiy kuzatuvdan so‘ng muddatidan oldin tug‘ruq tashxisi asosida kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan.

 

Tug‘ruq jarayoni malakali akusher-ginekologlar, neonatologlar va reanimatologlar ishtirokida muvaffaqiyatli yakunlangan. Natijada uch nafar o‘g‘il va bir nafar qizaloq dunyoga kelgan.

 

Chaqaloqlarning vazni mos ravishda 2415 gramm, 1730 gramm, 2405 gramm va 1885 grammni tashkil etgan.

 

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda ona va chaqaloqlarning salomatlik holati qoniqarli bo‘lib, ular shifokorlar nazorati ostida parvarish qilinmoqda.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.