O'zbekiston

Mudofaa tizimi xodimlarining maoshi 70 foizgacha oshiriladi

Shuningdek, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari negizida Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi.

Mudofaa tizimi xodimlarining maoshi 70 foizgacha oshiriladi

 

O‘zbekistonda havo hujumidan mudofaa tizimlari, yuqori aniqlikdagi qurollar hamda harbiy aviatsiyani samarali qo‘llashga qaratilgan yangi islohotlar amalga oshiriladi. Bu haqda Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Prezident tomonidan 8-iyun kuni imzolangan farmonga muvofiq, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi negizida Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi.

 

Mazkur qaror harbiy aviatsiya imkoniyatlarini yanada kengaytirish, qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish hamda zamonaviy tahdidlarga tezkor javob qaytarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

 

Farmon bilan yuqori aniqlikdagi qurollar bilan jihozlangan aviatsiya texnikalari, uchuvchisiz aviatsiya komplekslari va zamonaviy harbiy vositalar bilan qurollangan yangi bo‘linmalarni tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

 

Shuningdek, hujjatda harbiy xizmatchilar va mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish choralari ham nazarda tutilgan. Jumladan, Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan pul kompensatsiyasi 25 foizga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ish haqi 2026-yil 1-iyuldan 20 foizga, 2027-yil 1-yanvardan esa qo‘shimcha ravishda yana 50 foizga oshirilishi belgilandi.

custom img

“Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Marosimda uyushmaga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga ham a’zolik guvohnomalari topshirildi.

custom img

63 va 58 yosh: pensiya yoshi o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda.

custom img

O‘zbekiston diplomi Yevropaga yo‘l ochadimi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lami kengaytiriladi.

custom img

O‘zbekiston va BMT Turizm: 2027-yil xalqaro ochilish marosimi Toshkentda o‘tkaziladi

O‘zbekiston va BMT barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi.

custom img

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

custom img

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

Ijobiy natija qayd etilgan yoki namuna topshirishdan bosh tortganlar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

custom img

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"