O'zbekiston

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2 nafar inspektor tadbirkordan noqonuniy tarzda savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir davomida Yunusobod tumani Soliq inspeksiyasida faoliyat yuritgan 2 nafar inspektor o‘zaro til biriktirgan holda xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorga “Chilonzor buyum bozori kompleksi” AJdan 3 ta savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berishni va’da qilgani aniqlangan. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Ular, shuningdek, o‘z tanishlari orqali tadbirkorga tegishli MCHJni ochiq savdo tenderida g‘olib bo‘lishini ta’minlash hamda do‘konlarni ijaraga olish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq inspektorlari so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Bektemir tumani soliq inspeksiyasining sho‘ba boshlig‘i mahalliy tadbirkorga tegishli savdo do‘konida xaridorga savdo cheki berilmagani yuzasidan keib tushgan murojaat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda ishni sudga yubormaslik evaziga 4 million so‘m pora talab qilgani xabar qilingan edi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident tashrif davomida Milliy pedagogika universiteti kampusi, Milliy kutubxona, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va zamonaviy futbol stadioni qurilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

custom img

O‘zbekistonda avgust quruq va issiq boshlanadi, oy oxirida salqin tushishi kutilmoqda

Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, oy oxiriga borib esa 25–30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

custom img

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi

Tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.

custom img

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilgan.

custom img

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishdan olindi

Yangi energetika vaziri, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari hamda Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i bugundan boshlab mutlaqo yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.

custom img

“Energetikadagi muammo mablag‘da emas, tizimni boshqarishda” —Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari iyun–iyul oylarida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgani oqibatida aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolganini qayd etdi.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab qarzdorning mashinasi xatlandi

Shundan so‘ng qarzdor korxona soliq qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

custom img

Qo‘qonda kreditini to‘lamagan ayol mashinasi xatlangach, qarzlarini bir kunda to‘liq bartaraf etdi

Maʼlum bo‘lishicha, uning bankdan 317 mln krediti bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"