Sport

Barcha o‘zbekistonliklarning biz bilan faxrlanishini istaymiz — Fabio Kannavaro

Italiyalik mutaxassis mundial oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Barcha o‘zbekistonliklarning biz bilan faxrlanishini istaymiz — Fabio Kannavaro

2026-yil 10 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati vaqtida o‘z qarorgohi bo‘ladigan AQSHning Atlanta shahriga yetib keldi. Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mundialda ishtirok etish har bir futbolchi uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

 

“Jahon chempionatida qatnashish — har bir futbolchining eng katta orzularidan biri. Biz maydonda bor kuchimizni beramiz, har bir bahsda oxirgi soniyagacha kurashamiz. Maqsadimiz — nafaqat yaxshi natija ko‘rsatish, balki dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’i nazar, barcha o‘zbekistonliklarning biz bilan faxrlanishiga erishish", — dedi Kannavaro.

 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialdagi ilk yurishini 18 iyun kuni Kolumbiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa yetakchisi Jaloliddin Masharipov jarohat sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.