O'zbekiston

Diniy- ma’rifiy yo‘nalish talabalari uchun “Islom ma’rifati” stipendiyasi joriy etiladi

“Islomda ayollarning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya va ko‘rgazma o‘tkaziladi. Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini rivojlantirish rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Diniy- ma’rifiy yo‘nalish talabalari uchun “Islom ma’rifati” stipendiyasi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada rivojlantirish rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda markazning ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Jumladan, diniy-ma’rifiy yo‘nalishda tahsil olayotgan magistr va doktorantlar uchun “Islom ma’rifati” stipendiyasini joriy etish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

 

Shuningdek, markaz ilmiy jurnalini xalqaro Scopus va Web of Science bazalariga kiritish, ilmiy markazlarning yagona integratsiyalashgan platformasini yaratish hamda qo‘lyozmalarning raqamli katalogini tayyorlash rejalashtirilgan.

 

Madaniy merosni qaytarish yo‘nalishida dunyo auksionlari, muzeylari va xususiy kolleksiyalarida saqlanayotgan O‘zbekistonga oid noyob artefaktlarni aniqlash va Vatanga qaytarish bo‘yicha doimiy mexanizm yaratish masalasi ham muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari, “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusida I xalqaro Islom forumini o‘tkazish, BMT va UNESCO tuzilmalarida Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan maxsus taqdimotlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Markaz taqdimotlarini 55 ta davlatda tashkil etish, “Islomda ayollarning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya va ko‘rgazma o‘tkazish, Oksford islom tadqiqotlari markazi, ICESCO, IRCICA, TURKSOY va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma ilmiy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirishga ko‘rsatma berildi.

 

Xorijiy jurnalistlar va xalqaro media tuzilmalar bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida press-turlar, xalqaro media klublar va media anjumanlar tashkil etiladi. Markaz brendini global miqyosda mustahkamlash uchun fotoko‘rgazmalar, tematik taqdimotlar hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda davra suhbatlari o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga keluvchi ziyoratchi va sayyohlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, tashriflarni tartibli va mazmunli tashkil etish, ularga axborot va gid xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil mart oyida faoliyat boshlagan Islom sivilizatsiyasi markaziga 1-iyun holatiga ko‘ra 500 mingga yaqin mahalliy va xorijiy mehmon tashrif buyurgan.

 

Prezident markaz xalqimizning boy madaniy merosi va ma’rifatparvarlik an’analarini dunyoga namoyish etuvchi nufuzli maskanga aylanishi zarurligini ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.