Jahon

Eronda 20 ming kishi suvsiz qoldi

AQSH hujumlari sabab mamlakatda ikkita yirik suv ombori vayron bo‘lgan.

Eronda 20 ming kishi suvsiz qoldi

 

AQShning Eron hududiga bergan zarbalari oqibatida Hormozgon viloyatida kamida 20 ming kishi ichimlik suvi ta’minotisiz qoldi. Bu haqda viloyat suv ta’minoti va sanitariya kompaniyasi bosh direktori Hamza Purga tayanib Fars ma'lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kuhestak shahri hamda Bamani hududidagi 10 ta qishloqni ichimlik suvi bilan ta’minlab kelgan infratuzilma obyektlari hujumlar natijasida vayron bo‘lgan. Xususan, sig‘imi 500 va 2000 kub metr bo‘lgan ikkita beton suv ombori jiddiy zarar ko‘rgan.

 

“20 ming nafarga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatib kelgan ichimlik suvi taqsimlash tizimi AQSh hujumlari natijasida ishdan chiqdi”, — dya ta'kidlagan Hamza Pur.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisadan so‘ng qator qishloqlarda suv ta’minoti to‘xtagan. Hozirda mahalliy hokimiyat va mas’ul tashkilotlar aholini muqobil manbalar orqali suv bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.

 

Eron OAVlari avvalroq AQSh tomonidan Hormozgon viloyatining Sirik shahri hududidagi suv infratuzilmasiga zarbalar berilgani haqida xabar qilgan edi. Hujumlar oqibatida ayrim telekommunikatsiya obyektlari ham zarar ko‘rgani bildirilgan.

 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida AQShning AH-64 Apache vertolyoti yo‘q qilingani ortidan amalga oshirilgan. Shundan so‘ng Eron tomoni Yaqin Sharqdagi ayrim AQSh harbiy obyektlariga javob zarbalari berganini ma’lum qilgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Eronda 20 ming kishi suvsiz qoldi | Zamon.uz