Jahon

Netanyaxu yana bosh vazirlik uchun nomzodini qo‘yadi

Donald Tramp Netanyaxuning yana saylovlarda qatnashishiga shubha bildirgan edi.

Netanyaxu yana bosh vazirlik uchun nomzodini qo‘yadi

Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyaxu joriy yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida qayta nomzodini qo‘yadi. Bu haqda uning Likud partiyasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

 

Partiya bayonotida Netanyaxuning saylovlarda ishtirok etishi va g‘alaba qozonishiga umid bildirilgan. Saylov sanasi hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, qonunchilikka ko‘ra, ovoz berish oktyabr oyigacha o‘tkazilishi kerak.

 

Likudning bayonoti AQSh prezidenti Donald Trampning Netanyaxuning yana saylovlarda qatnashish-qatnashmasligiga ishonchi komil emasligini bildirganidan so‘ng e’lon qilindi. 

 

Bo‘lajak saylovlar 2023-yil 7-oktabrda HAMAS tomonidan uyushtirilgan hujumdan keyingi ilk parlament saylovlari bo‘ladi. Ushbu hujum Isroil tarixidagi eng yirik xavfsizlik inqirozlaridan biri sifatida baholanadi va G‘azo sektoridagi urushga sabab bo‘lgan.

 

2022-yil dekabrida hokimiyatga qaytgan Netanyaxu faoliyati davomida hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari hamda G‘azo, Livan va Eron bilan bog‘liq mojarolar fonida faoliyat yuritdi.

 

So‘nggi ijtimoiy so‘rovlar Netanyaxuning hukmron koalitsiyasi keyingi saylovlarda parlamentda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kirita olmasligini ko‘rsatmoqda. 

 

Isroil Demokratiya Instituti tomonidan 9-iyun kuni e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 61 foizi Netanyaxu qayta saylovlarda qatnashmasligi kerak deb hisoblaydi.

 

Shu bilan birga, so‘rovlar muxolifat partiyalari ham arab partiyalari bilan ittifoq tuzmasdan turib parlamentda ko‘pchilikni shakllantira olmasligini ko‘rsatmoqda.

 

AQSh va Isroil rasmiylariga ko‘ra, Tramp va Netanyaxu o‘rtasidagi yaqin munosabatlar saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, ayrim masalalarda kelishmovchiliklar ham kuzatilgan. Jumladan, Tramp so‘nggi haftalarda Isroilni Livandagi harbiy harakatlarni cheklashga chaqirgan edi.

 

Shuningdek, u Netanyaxuga nisbatan ilgari surilgan korrupsiya ayblovlari bo‘yicha Isroil prezidentini uni afv etishga bir necha bor da’vat qilgan.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.