O'zbekiston

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga ish va o‘qishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Yettita hududda o‘tkazilgan reydlarda migratsiya bilan bog‘liq firibgarlik sxemalariga chek qo‘yildi.

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga ish va o‘qishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

 

O‘zbekistonda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga va o‘qishga yuborishni va’da qilib, ulardan pul undirish bilan shug‘ullangan bir necha shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, tezkor tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Samarqand, Andijon, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida o‘tkazilgan.

 

Xususan, Xo‘jayli tumanida fuqaro A. R. go‘yoki yuqori lavozimli tanishlari orqali bir fuqaroni 10 250 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishga yuborishini va’da qilib, kelishilgan mablag‘ning 5 ming dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

 

Farg‘ona viloyatida esa muqaddam sudlangan fuqaro D. R. 10 nafar fuqaroni 55 ming AQSH dollari evaziga Koreyaga o‘qish va ishga yuborishni va’da qilib, 4 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida uning yana 46 nafar fuqarodan jami 196 ming 650 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

 

Samarqand viloyatida fuqaro J. X. ikki nafar fuqaroga Koreya uchun ishchi vizasi rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 12 ming dollar evaziga kelishilgan mablag‘ning 3 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlangan.

 

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida fuqaro M. O. bir fuqaroga Koreyaga ketish uchun ishchi viza olib berishni va’da qilib, 6 ming dollardan 3 ming dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Sirdaryo viloyatida fuqaro N. T. migratsiya tizimida ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 1 900 AQSH dollari hamda 1,2 million so‘m olayotgan vaqtida ushlandi. Yana bir holatda esa muqaddam sudlangan fuqaro Sh. B. sport vizasi orqali Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 1 300 AQSH dollari va 2,4 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Navoiy viloyatining Konimex tumanida fuqaro A. I. migratsiya tizimidagi tanishlari orqali fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 1 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

 

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida fuqaro A.T. ikki nafar fuqaroni 9 600 AQSH dollari evaziga Koreyaga o‘qishga yuborishni va’da qilgan. Tezkor tadbir davomida ushbu mablag‘ning 600 AQSH dollari oldindan olingan vaqtida holat fosh etilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"