O'zbekiston

Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

Bekatda rekonstruksiya ishlari olib borilib, lift va yangi turniketlar o‘rnatiladi.

Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

 

Toshkent metropolitenining “Chinor” metro bekatida yo‘lovchilar uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2026-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan 25-son yig‘ilish bayonnomasi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Rekonstruksiya doirasida bekatning kirish va chiqish qismlari kengaytiriladi, yoshi ulug‘ fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda bolali oilalar uchun 4 ta katta sig‘imli zamonaviy lift o‘rnatiladi. Shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida qo‘shimcha 12 ta turniket o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 13-iyunidan boshlab “Chinor” metro bekati 50 kun muddatga vaqtincha yo‘lovchilar uchun yopiladi.

 

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Chinor” va “Yangihayot” metro bekatlari o‘rtasida maxsus metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Metrobuslar belgilangan jadval asosida harakatlanib, yo‘lovchilarning manzillariga o‘z vaqtida yetib borishiga xizmat qiladi.

 

“Toshkent metropoliteni” yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, amalga oshirilayotgan ishlar metro infratuzilmasini yanada takomillashtirish va yo‘lovchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilganini ta’kidladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"