Jahon

Afg‘onistondagi inqiroz chuqurlashmoqda, xavfsizlik hodisalari 57 foizga oshdi – BMT

2026-yilda mamlakatda 21,9 million kishi gumanitar yordamga muhtoj bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Afg‘onistondagi inqiroz chuqurlashmoqda, xavfsizlik hodisalari 57 foizga oshdi – BMT

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistondagi xavfsizlik va gumanitar vaziyat sezilarli darajada yomonlashayotganini ma’lum qildi. Tashkilotning navbatdagi hisobotida qayd etilishicha, joriy yilning fevral-aprel oylarida mamlakat bo‘ylab 3 687 ta xavfsizlik hodisasi qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57,7 foizga ko‘pdir.

 

Vaziyatning keskinlashishiga Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara hududlarida yuzaga kelgan harbiy to‘qnashuvlar ham sabab bo‘lgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 26-yanvardan 31-martgacha davom etgan mojaro oqibatida 764 nafar tinch aholi jabrlangan, ulardan 372 nafari halok bo‘lgan. Eng yirik talafot 16-mart kuni sodir bo‘lib, Pokistonning havo hujumi natijasida Kobuldagi reabilitatsiya markazida kamida 269 kishi halok bo‘lgan.

 

Chegaralararo artilleriya zarbalari va dron hujumlari tufayli qariyb 94 ming kishi o‘z yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Majburiy ko‘chirilganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil etmoqda.

 

Hisobotda iqtisodiy vaziyat ham og‘irlashayotgani qayd etilgan. Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi logistika muammolari savdo hajmining keskin kamayishiga olib kelgan. Natijada inflyatsiya darajasi oshib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari sezilarli qimmatlashgan.

 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida mamlakatga yo‘naltirilgan gumanitar mablag‘lar hajmi ham sezilarli qisqargan. Xususan, o‘tgan yilning shu davrida 200 million dollarni tashkil etgan yordam oqimi joriy yilda 80 million dollargacha kamaygan.

 

Tashkilot hisobotida inson huquqlari bilan bog‘liq muammolar ham alohida tilga olinib, ayollar huquqlarining cheklanishi, sobiq xavfsizlik xodimlariga nisbatan ta’qiblar va noqonuniy hibs holatlari qayd etilgani bildirilgan.

 

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-yilda Afg‘onistonda 21,9 million kishi, ya’ni mamlakat aholisining qariyb yarmi gumanitar yordamga muhtoj bo‘ladi. Shu bilan birga, xalqaro gumanitar yordam rejasining atigi 14 foizi moliyalashtirilgan.

 

Tashkilot xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston bilan muloqotni davom ettirishga va inson huquqlari sohasidagi majburiyatlar bajarilishi sharti bilan mamlakatning bosqichma-bosqich xalqaro integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"