O'zbekiston

O‘zbekistonda bolalarga transport vositasini boshqarishga berganlarga javobgarlik kuchaytiriladi

Voyaga yetmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi oqibatida yo‘llarda o‘lim va og‘ir jarohatlar bilan bog‘liq hodisalar kuzatilayotgani qayd etildi.

O‘zbekistonda bolalarga transport vositasini boshqarishga berganlarga javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimot davomida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, yoshlar orasida ushbu illatning tarqalishining oldini olish hamda bu boradagi profilaktik choralarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilishicha, ayrim fuqarolar tomonidan voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berilayotgani oqibatida yo‘llarda o‘lim va og‘ir tan jarohatlari bilan bog‘liq holatlar yuz bermoqda.

 

Shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, og‘ir oqibatlarga olib keluvchi avariyalarning oldini olish hamda bu boradagi javobgarlik choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Davlat rahbari giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, yoshlarni ushbu illatdan himoya qilish, shuningdek, yo‘llarda inson hayoti va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan takliflarni ma’qulladi hamda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berdi.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.