O'zbekiston

Samarqandda sobiq IIB xodimini ishga tiklashni va’da qilib, pul olgan profilaktika inspektori qo‘lga olindi

Shuningdek, Namanganda profilaktika inspektori fuqaro ustidan kelib tushgan murojaatni ko‘rib chiqmaganini aytib, undan 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

Samarqandda sobiq IIB xodimini ishga tiklashni va’da qilib, pul olgan profilaktika inspektori qo‘lga olindi

 

Samarqand va Namangan viloyatlarida ichki ishlar organlari xodimlarining korrupsion harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Zamon.uzga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, DXXning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektorining noqonuniy faoliyati fosh etilgan. U mansabdor tanishlari orqali sobiq ichki ishlar organi xodimini tizimga qayta ishga tiklashda yordam berishni va’da qilib, buning evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, Namangan viloyatining Chust tumanida faoliyat yurituvchi profilaktika inspektorining ham noqonuniy harakatlari aniqlangan. U fuqaro ustidan kelib tushgan murojaatni ko‘rib chiqmasdan qoldirganini ro‘kach qilib, undan 2 ming AQSH dollari talab qilgan. Inspektor joriy yil fevral oyida ushbu mablag‘ning 700 dollarini olgan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, u keyinchalik fuqarodan qolgan 1 300 dollarni hamda kelgusida chorva mollarini O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tishda ko‘maklashish evaziga yana 2 ming dollar talab qilgan. Natijada jami 3 300 AQSH dollarini olayotgan vaqtida DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan profilaktika inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi va 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"