Jahon

Eron va AQSH o‘rtasidagi 14 bandli memorandum loyihasi e’lon qilindi

Loyihada urushni to‘xtatish, sanksiyalarni bekor qilish va Eron aktivlarini ozod etish taklif etilgan.

Eron va AQSH o‘rtasidagi 14 bandli memorandum loyihasi e’lon qilindi

 

Eronning Mehr axborot agentligi Eron va AQSH o‘rtasida muhokama qilinayotgan o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini e’lon qildi. 14 banddan iborat hujjatda mintaqadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish, sanksiyalarni bekor qilish, Eronning muzlatilgan aktivlarini ozod etish hamda yadroviy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishish kabi qator masalalar aks etgan.

 

Loyihaga ko‘ra, barcha jabhalarda urushni to‘liq va zudlik bilan to‘xtatish, AQSHning Eron suverenitetini hurmat qilishi va mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik majburiyati belgilangan.

 

Hujjatda, shuningdek, 30 kun ichida dengiz blokadasini bekor qilish, Hormuz bo‘g‘ozi faoliyatini tiklash va AQSH qo‘shinlarini Eron bilan chegaradosh hududlardan olib chiqish taklif etilgan.

 

Memorandum loyihasida Eron nefti va neft-kimyo mahsulotlariga qo‘yilgan sanksiyalarni to‘xtatib turish, mamlakatning moliyaviy resurslaridan foydalanishiga imkon yaratish hamda Eronni tiklash bo‘yicha kamida 300 milliard dollarlik dastur ishlab chiqish masalalari ham o‘rin olgan.

 

Tomonlar 60 kun ichida yadroviy masalalar bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish yuzasidan muzokaralar o‘tkazishi, Eron esa Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga sodiqligini yana bir bor tasdiqlashi va yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik majburiyatini olishi nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, muzokaralar davrida AQSH tomonidan yangi sanksiyalar joriy etmaslik va mintaqadagi qo‘shinlar sonini oshirmaslik taklif qilingan.

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi mazkur matn dastlabki loyiha ekanini, u hali mamlakatning tegishli idoralari tomonidan ko‘rib chiqilishi va qayta ishlanishi lozimligini ma’lum qildi. AQSH tomoni esa hozircha bunday memorandum loyihasi muhokama qilinayotgani yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.