Jahon

JCh-2026 ochilish kunida muxlis vafot etdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muxlisning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

JCh-2026 ochilish kunida muxlis vafot etdi

 

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish o‘yini oldidan Mexikodagi afsonaviy Azteca stadioni yaqinida muxlis vafot etdi.

 

Mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, muxlis o‘zini yomon his qilganidan so‘ng voqea joyiga tibbiyot xodimlari jalb etilgan. Shifokorlar tomonidan yurak-o‘pka reanimatsiyasi muolajalari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

 

Dastlabki ma’lumotlarda vafot etgan shaxsning yoshi va hodisa joyi bo‘yicha turli tafsilotlar keltirilmoqda. Ayrim manbalarda u 40 yoshli muxlis ekani, boshqa xabarlarda esa Germaniya fuqarosi bo‘lgan 81 yoshli erkak ekani ma'lum qilingan. 

 

Ma’lum qilinishicha, muxlisning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozirda tegishli xizmatlar tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Turnir tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida tashkil etilmoqda.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"