O'zbekiston

"Miyam o‘chib qoldi": Toshkentda bir nechta mashinaga urilgan Cobalt haydovchisi holatga izoh berdi

Hodisadan so‘ng haydovchi shahar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.

"Miyam o‘chib qoldi": Toshkentda bir nechta mashinaga urilgan Cobalt haydovchisi holatga izoh berdi

Toshkent shahrida ichki ishlar organlari xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, bir qator qoidabuzarliklar sodir etgan Cobalt avtomobili xizmat qurolidan foydalanish orqali to‘xtatilgandi. Haydovchi hodisa yuzasidan izoh berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 11-iyun kuni soat 21:30 lar atrofida Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avtomobilni 1982-yilda tug‘ilgan, ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi fuqaro boshqargan.

 

Qayd etilishicha, haydovchi ichki ishlar xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan, svetoforning taqiqlovchi ishoralariga amal qilmagan hamda harakat davomida bir nechta avtomobilga shikast yetkazgan.

 

IIBBga ko‘ra, uning harakatlari boshqa haydovchilar va piyodalarning hayoti hamda salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirgan.

 

Haydovchini to‘xtatish maqsadida qo‘shimcha kuch va vositalar jalb qilingan. Biroq u bir necha bor avtomobildan tushish haqidagi talablarni ham bajarmagan va harakatni davom ettirishga uringan. Shundan so‘ng xizmat qurolidan foydalanilgan. 

 

Dastlab havoga ogohlantiruvchi o‘q uzilgan, keyinchalik esa avtomobilni to‘xtatish maqsadida uning g‘ildiragiga qarata o‘q uzilgan.

 

Toshkent shahar IIBB e’lon qilgan videoda haydovchining o‘zi ham voqeaga izoh berib, nima sababdan bunday harakat qilganini eslay olmayotganini aytgan.

 

“Bilmayman nima bo‘ldi. Eslay olmayman, to‘g‘risi. Miyam o‘chib qoldi, menimcha. Nega bunday qilganimni bilmayman”, — degan u.

 

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng haydovchi shahar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"