O'zbekiston

Tibbiyot muassasalarida “sirli mijoz” tizimi joriy etildi

Ushbu maxsus monitoring orqali ortiqcha dori yozish va tahlil tayinlash holatlari nazorat qilinadi.

Tibbiyot muassasalarida “sirli mijoz” tizimi joriy etildi

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Raqobat qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, ayrim tibbiyot muassasalarida ortiqcha tekshiruvlar tayinlash, zarur bo‘lmagan dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni tavsiya etish holatlarini aniqlash va oldini olish choralari kuchaytirilmoqda.

 

Mazkur mexanizmga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining Komplayens-nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari klinikalarda xizmat ko‘rsatish jarayonini tahlil qiladi va klinik protokollarga rioya etilishi bo‘yicha xulosalar beradi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-son qarori asosida tasdiqlangan nizomga muvofiq, dori vositalari va tibbiy xizmatlar bo‘yicha nazorat “sirli mijoz” usuli orqali amalga oshirilishi belgilangan.

 

Qayd etilishicha, bunday tadbirlar audio va video qayd etish vositalaridan yashirin foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ayni paytda respublikadagi barcha tibbiyot tashkilotlarida “sirli mijoz” tadbirlariga start berilgani ma’lum qilindi.

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"