Jinoyat

Farg‘onada talabaning o‘limiga sabab bo‘lgan mototsikl haydovchisiga hukm o‘qildi

Haydovchi qizil chiroqda to‘xtamasdan, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Farg‘onada talabaning o‘limiga sabab bo‘lgan mototsikl haydovchisiga hukm o‘qildi

Farg‘ona shahrida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmay piyodani urib yuborgan mototsikl haydovchisiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Farg‘ona shahri “Jo‘ydam” mahallasi hududidan o‘tuvchi Farg‘ona ko‘chasida soat 19:30 atrofida sodir bo‘lgan. 

 

29 yoshli haydovchi tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi, davlat raqam belgisi va texnik pasporti bo‘lmagan mototsiklni boshqarib ketayotganda svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

 

Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlaridan vafot etgan. Marhum Rishton tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Farg‘ona shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olayotgan talaba bo‘lgan.

 

Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud jarayonida ayblanuvchi mototsiklni to‘rt oy davomida hujjatlarsiz boshqarib kelganini tan olgan. Shuningdek, u yo‘l-transport hodisasi vaqtida o‘zi ham tan jarohati olgani sababli voqea tafsilotlarini eslay olmasligini bildirgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari, undan jabrlanuvchining qonuniy vakili foydasiga 44 million so‘m moddiy va 100 million so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Farg‘onadagi qotillik: buvisini o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

U jinoyat ishlarini yashirish uchun buvisining uyiga o‘t qo‘ygan.

custom img

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

custom img

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"