Jahon

G‘azoda sulh e’lon qilinganidan beri 983 kishi halok bo‘ldi

2025-yil oktyabrda e’lon qilingan sulhga qaramay, G‘azoda harbiy harakatlar to‘xtamayapti. So‘nggi hujumlardan birida bir kishi halok bo‘ldi, umumiy qurbonlar soni esa qariyb ming nafarga yetdi.

G‘azoda sulh e’lon qilinganidan beri 983 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasi G‘azo sektorining markazidagi Bureij qochqinlar lageriga dron hujumi uyushtirdi. Falastinning WAFA axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan, deya yozmoqda Al Jazeera.

 

Falastin Axborot Markazi qurbon mahalliy munitsipalitet xodimi Muoviya al-Aydiy ekanini ma’lum qildi. G‘azo shahrining Tuffah mahallasida amalga oshirilgan alohida hujumda esa yana bir kishi yaralangan.

 

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 48 soat ichida Isroil hujumlari oqibatida kamida ikki falastinlik halok bo‘lgan, 11 kishi jarohat olgan. Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yil oktyabr oyida sulh e’lon qilinganidan buyon G‘azoda 983 kishi halok bo‘lgan, 3 122 kishi yaralangan.

 

HAMAS Isroilni sulh shartlarini muntazam ravishda buzishda aybladi. Harakat vakili Hazem Qosimning ta’kidlashicha, Isroilning davom etayotgan hujumlari va G‘azodagi nazorat chiziqlarini o‘zgartirishga urinishlari muzokaralar jarayoniga putur yetkazmoqda.

 

Shu bilan birga, Isroil harbiylari bosib olingan G‘arbiy Sohilda ham reydlarni davom ettirdi. WAFA ma’lumotiga ko‘ra, Baytlahm yaqinidagi bir necha hududda o‘tkazilgan amaliyotlar vaqtida ko‘plab falastinliklar jarohatlangan.

 

Xevron yaqinidagi Duma shaharchasida esa nogiron falastinlik erkak o‘qotar quroldan yaralandi. Hodisa yuzasidan Falastin va Isroil tomonlari turlicha ma’lumot bermoqda.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, isroillik ko‘chmanchilar Baytlahm va boshqa aholi punktlari yaqinida falastinliklarga hujum qilgan, mulklarga zarar yetkazgan, ayrim hududlarda yo‘llarni to‘sib qo‘ygan hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga o‘t qo‘ygan.

 

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"