O'zbekiston

Farg‘onada Lacetti va yuk mashinasi to‘qnashib, ikki kishi halok bo‘ldi

YTHga Lacetti-2 haydovchisining quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi harakatlanish yo‘lagiga chiqib ketgani sabab bo‘lgan.

Farg‘onada Lacetti va yuk mashinasi to‘qnashib, ikki kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 14-iyun kuni soat 13:30 atrofida D-098 “Qo‘qon–Yaypan–Isfara” avtomobil yo‘lining 21-kilometrida yuz bergan.

 

2008-yilda tug‘ilgan ayol haydovchi boshqaruvidagi Lacetti-2 avtomobili quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi harakatlanish yo‘lagiga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan FAW Tiger yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

 

Oqibatda Lacetti-2 haydovchisi hamda avtomobilda bo‘lgan 2007-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.