O'zbekiston

Andijonda poliklinikadagi fojiada qutqaruvchilar beparvolik qildimi?

FVV tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Andijonda poliklinikadagi fojiada qutqaruvchilar beparvolik qildimi?

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Marhamat tumanida quduqda 4 nafar poliklinika xodimi halok bo‘lgan hodisa vaqtida qutqaruvchilar go‘yoki beparvolik qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

 

Hodisa 10-iyun kuni tush paytida Marhamat tumani markaziy poliklinikasi hududida sodir bo‘lgan. Dastlab texnik xodimlardan biri xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda nasos motorini sozlash uchun quduqqa tushgan. Quduq ichida to‘plangan zaharli gazlar sabab u hushini yo‘qotgan.

 

Shundan so‘ng unga yordam berishga uringan yana uch nafar texnik xodim ham birin-ketin quduqqa tushgan va zaharli gazlardan zaharlanib halok bo‘lgan.

 

FVBga ko‘ra, hodisa haqida xabar kelib tushishi bilan Marhamat tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan. Tuman bo‘limi rahbarining aytishicha, qutqaruvchilar kelgan paytda quduq ichidagi to‘rt nafar xodimda hayot alomatlari bo‘lmagan. Bu holat videoyozuv bilan ham tasdiqlanishi bildirilgan.

 

Marhumlarning jasadlarini quduqdan olib chiqish uchun Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining radiatsion-kimyoviy muhofazaga ixtisoslashgan maxsus bo‘linmasi jalb etilgan.

 

Boshqarma, shuningdek, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelganida quduqdagi odamlar tirik bo‘lgani va yordam so‘ragani, biroq maxsus himoya vositalari yo‘qligi sabab ularga yordam ko‘rsatilmagani haqidagi xabarlar haqiqatga mos emasligini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.