Sport

JCH — 2026. Qatar Shveysariyadan ochko tortib oldi, Braziliyada durang, Shotlandiya va Avstraliyada g‘alaba

24-yillik tanaffusdan so'ng mundialga chiqqan Turkiya musobaqani kutilmagan mag‘lubiyat bilan boshladi.

JCH — 2026. Qatar Shveysariyadan ochko tortib oldi, Braziliyada durang, Shotlandiya va Avstraliyada g‘alaba

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatida birinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda. 

 

2026-yil 14-iyun kuni tongda musobaqaning “B”, “C” va “D” guruhlaridan o‘rin olgan 4 uchrashuv yakuniga yetdi.

 

Dastlabki bahsda Qatar terma jamoasi Shveysariyaga qarshi maydonga chiqib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirib qoldi va mundiallar tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. O‘yinning 17 daqiqasida Embolo penaltidan yevropaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90+6-daqiqada Bualem Xuxi hisobdagi muvozanatni tikladi, 1:1. Mazkur bahsdan so‘ng “B” guruhida barcha jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib turibdi. 

 

Kecha bo‘lib o‘tgan Kanada — Bosniya va Gersegovina jamoalari ham murosa yo‘lini tanlagandi.Turnir 1-turining markaziy o‘yini deya e’tirof etilgan Braziliya — Marokash uchrashuvi ham 1:1 hisobida yakun topdi. Ushbu bahsning 21-daqiqasida Ismoil Saybari marokashliklarning goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, 32-daqiqada Vinisius Junior ajoyib harakat qilib, Yassin Bunu qo‘riqlayotgan Marokash darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan so‘ng o‘yinda boshqa gol kiritilmadi, 1:1. 

 

“C” guruhidan o‘rin olgan yana bir bahsda Shotlandiya terma jamoasi Jon Makginning 28-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga Gaiti terma jamoasini mag‘lub etdi va 3 ochko bilan guruhning yaqqol peshqadamiga aylanib oldi. 

 

“D” guruhida esa kichik sensatsiya qayd etildi. Roberto Manchini boshchiligidagi Turkiya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahsda ustunlik qilib o‘ynagan bo‘lsa ham yakunda 0:2 hisobida “kenguru”larga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvning 27-daqiqasida Irankunda qarshi hujumda raqibni jazolagan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib Konnor Metkalf hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 

 

Shu tariqa “D” guruhida musobaqa mezbonlaridan biri, ilk turda Paragvayni yirik hisobda mag‘lub etgan AQSH hamda Avstraliya 3 ochkodan jamg‘arib peshqadamlik qilmoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

JCH — 2026. Qatar Shveysariyadan ochko tortib oldi, Braziliyada durang, Shotlandiya va Avstraliyada g‘alaba | Zamon.uz