O'zbekiston

O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar uchun ekologik to‘lov joriy etilishi mumkin

Dastlabki bosqich 2026-yildan yengil avtomobillarni qamrab olsa, 2027-yildan avtobuslar, mikroavtobuslar va yuk avtomobillariga ham tatbiq etiladi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar uchun ekologik to‘lov joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda foydalanish muddati 30 yildan oshgan avtomobillar egalari uchun yangi talab joriy etilishi rejalashtirilmoqda. 

 

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida bunday transport vositalari egalari har yili ekologik kompensatsiya to‘lashi nazarda tutilgan.

 

Hujjatga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq vaqt bo‘lgan avtomobillar egalari bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida ekologik to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Amaldagi BHMdan kelib chiqilsa, bu summa 12,36 million so‘mni tashkil etadi.

 

Loyihada ekologik talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklash ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, “zararli” ekologik toifaga kiruvchi avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi va ular davlat ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin. Mazkur tartib antikvar avtomobillarga tatbiq etilmaydi.

 

Shuningdek, mamlakatda eskirgan transport vositalarini utilizatsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Dastlabki bosqich 2026-yildan yengil avtomobillarni qamrab olsa, 2027-yildan avtobuslar, mikroavtobuslar va yuk avtomobillariga ham tatbiq etiladi. 2030-yildan esa tizim barcha turdagi g‘ildirakli transport vositalarini o‘z ichiga olishi ko‘zda tutilgan.

 

Loyihaga muvofiq, eskirgan avtomobilini utilizatsiyaga topshirgan fuqarolarga bir nechta ko‘rinishda kompensatsiya berilishi mumkin. Xususan, ularga pul mablag‘lari to‘lab berilishi, yangi avtomobil xarid qilish uchun elektron vaucher taqdim etilishi yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shakllardagi imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan.

 

Elektron vaucher orqali yangi avtomobil xarid qilayotgan fuqarolarga vaucherda ko‘rsatilgan miqdorda chegirma beriladi. Qolgan summa esa bir yildan ortiq muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan rasmiylashtirilishi mumkin.Qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 28-iyunga qadar davom etadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.