Jinoyat

Navoiyda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi

Sudda haydovchi suv ichishga chalg‘ib qolgani tufayli YTH yuz berganini aytdi.

Navoiyda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi Navoiy viloyatida uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha avtobus haydovchisiga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Hukmga ko‘ra, hodisa 2026-yil 5-yanvar kuni tongda A-379 “Navoiy–Uchquduq” avtomobil yo‘lining 167–168-kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. 1986-yilda tug‘ilgan X.Sh. boshqaruvidagi “Zarafshon–Navoiy” yo‘nalishidagi avtobus haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.

 

Oqibatda uch nafar yo‘lovchi, jumladan, bir nafar voyaga yetmagan shaxs voqea joyida vafot etgan. Yana 21 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

 

Sudda haydovchi aybiga iqror bo‘lib, transport vositasini boshqarib ketayotib suv ichish chog‘ida chalg‘ib qolganini aytgan. Uning ko‘rsatmasiga ko‘ra, suv idishining qopqog‘ini qidirayotgan vaqtda rulni nazoratsiz burib yuborgan, shundan so‘ng avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.

 

Tomdi tuman sudi X.Sh.ni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) sodir etganlikda aybdor deb topdi.

 

Unga 3 yil davomida barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, sud qarori bilan avtobus tegishli bo‘lgan MCHJ foydasiga 147 million so‘m miqdorida moddiy zarar undirilishi belgilangan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.