Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Maktubda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va “Bir makon — bir yo‘l” doirasidagi hamkorlik yuksak baholandi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi

 

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma'lum qildi.

 

Maktubda Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasi va Xitoy Kommunistik partiyasining yetakchi siyosiy arbobi sifatida Vatan va xalq farovonligi yo‘lida katta mas’uliyat va strategik tafakkur bilan mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichlariga olib chiqayotgani ta’kidlangan.

 

Shuningdek, Xitoy modernizatsiyasi izchil davom etayotgani, milliy yuksalish sari yo‘naltirilgan siyosat mamlakat tarixida muhim o‘rin egallayotgani qayd etilgan.

 

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarilgani, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik, o‘zaro ishonch va do‘stlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani alohida qayd etilgan.

 

Prezident, shuningdek, “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi hamkorlik samarali natijalar berayotganini va barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

 

Tabrik yakunida davlat rahbari Si Szinpinga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa tinchlik va barqaror taraqqiyot tilagan.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"