O'zbekiston

Toshkentning barcha tumanlarida O‘zbekiston MTJ o‘yinlari katta ekranlarda namoyish etiladi

Eng yirik tomosha maydoni “Bunyodkor” stadioni hududida tashkil etiladi.

Toshkentning barcha tumanlarida O‘zbekiston MTJ o‘yinlari katta ekranlarda namoyish etiladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchrashuvlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida tashkil etiladigan maxsus tomosha maydonlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

 

Tomosha maydonlari Bektemir tumanidagi Rohat mahallasi, Mirobod tumanidagi “Furqat” bog‘i, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Central Park”, Olmazor tumanidagi “G‘alaba bog‘i”, Sergeli tumanidagi Markaziy xiyobon, Uchtepa tumanidagi “Seul Eko park”, Chilonzor tumanidagi “G‘afur G‘ulom” bog‘i, Shayxontohur tumanidagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘i, Yunusobod sport majmuasi, Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘i, Yangihayot tumanidagi INDEX park hamda Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” sayilgohida tashkil etiladi.

 

Shuningdek, eng yirik tomosha maydoni “Bunyodkor” stadioni hududida bo‘ladi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 10 ming nafar muxlis O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘ladi.

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichida 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi, 23-iyun kuni Portugaliyaga qarshi hamda 28-iyun kuni DR Kongo terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan mos ravishda soat 07:00, 22:00 va 04:30 da boshlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, mamlakat bo‘ylab 220 ta maktabda ham futbol tomoshalari uchun zarur sharoitlar yaratiladi hamda O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi o‘yinlari katta ekranlarda jonli efirda namoyish etiladi.

custom img

Akademik litseylarga kirish testi natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uch ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni ikki barobarga oshiriladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni 15 tadan 30 taga yetkazilishini ma’lum qildi.

custom img

Andijondagi bog‘chada bolalarni haqoratlagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari tabrigida O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil yashayotganini qayd etib, professional “Do‘stlik” ansambli tashkil etilishini ma’lum qildi.

custom img

Toshkentda yolg‘iz keksa ayolning uyi o‘zlashtirildimi?

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda tungi reyd payti qarzdorning mashinasi xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 15 mln qarzi bo‘lgan.

custom img

Sherobodda brakonyerlar qo‘riqxona xodimlariga o‘q uzdi

Huquqbuzarlar qo‘riqxona xodimlarining to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan va voqea joyidan qochib ketgan.

custom img

MIB yarim yilda 2 trln so‘m aliment pullarini undirdi

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 foizga oshgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"