Jahon

Olimlar Ebola virusining Yevropaga tarqalish xavfini 92 foiz deb baholadi

Yapon olimlari hisob-kitoblariga ko‘ra, Ebola virusining xalqaro aviaqatnovlar orqali Yevropaga kirib kelish ehtimoli yuqori bo‘lib, eng katta xavf Belgiyada qayd etilgan.

Olimlar Ebola virusining Yevropaga tarqalish xavfini 92 foiz deb baholadi

Yaponiyalik olimlar Ebola virusining Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandadan xalqaro aviaqatnovlar orqali boshqa mamlakatlarga kirib kelish xavfini baholadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, virusning aviatsiya orqali kirib kelish ehtimoli eng yuqori davlat Belgiya bo‘lib chiqdi.

 

Tadqiqot mualliflari — Yaponiya Milliy yuqumli kasalliklar instituti hamda Tokio universiteti mutaxassislari — infeksiyaning xalqaro aviaqatnovlar orqali ehtimoliy tarqalishini modellashtirgan. 

 

Hisob-kitoblar 2024-yil may oyidagi yo‘lovchi oqimlari haqidagi ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, ular 11 264 ta aeroport, 569 741 ta aviamarshrut va 329 milliondan ortiq yo‘lovchini qamrab olgan. Tadqiqotchilar boshlang‘ich nuqta sifatida Kinshasadagi Ndjili xalqaro aeroportini tanlagan. 

 

Shundan so‘ng boshqa aeroportlargacha bo‘lgan “samarali masofa” hisoblab chiqilgan. Mazkur ko‘rsatkich geografik masofani emas, balki aviaqatnovlar, yo‘lovchi oqimlari va tranzit qatnovlar orqali o‘zaro bog‘liqlik darajasini ifodalaydi.

 

Olingan ma’lumotlar asosida olimlar 30 kun ichida kamida bitta Ebola bilan kasallangan shaxsning aviatsiya orqali mamlakatga kirib kelish ehtimolini baholagan.

 

Natijalarga ko‘ra, eng yuqori xavf Belgiyada qayd etilgan — 77,7 foiz. Fransiyada bu ko‘rsatkich 77,5 foizni, Janubiy Afrika Respublikasida esa 75,3 foizni tashkil qilgan. Modelning yuqori chegarasi bo‘yicha hisoblanganda esa Belgiyada xavf 92 foizga, Fransiyada 91,9 foizga va JARda 90,5 foizga yetgan.

 

Xavf darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar o‘ntaligiga Keniya, BAA, Turkiya, Uganda, Hindiston, Kot-d’Ivuar va Kanada ham kirgan. Turkiyada ko‘rsatkich 69,8 foizni, modelning yuqori chegarasi bo‘yicha esa 86,7 foizni tashkil etgan. Kanadada esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 64,2 va 82,3 foiz bo‘lgan.

 

Tadqiqot mualliflari ushbu baholar infeksiyaning mamlakatga kirib kelish xavfini anglatishini, biroq virus kirib kelganidan keyin uning mahalliy miqyosda tarqalish xavfini aks ettirmasligini ta’kidlagan.

 

Bundibugyo shtammiga mansub Ebola isitmasi may oyi o‘rtalarida Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada qayd etilgan. Shundan so‘ng Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaziyatni boshqa davlatlar uchun xavf tug‘diruvchi favqulodda holat deb baholagan hamda virusning mintaqaviy tarqalish xavfini yuqori darajada deb e’lon qilgan.

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kongoda Ebola bilan kasallanishning tasdiqlangan holatlari soni 800 tadan oshgan. Ulardan kamida 192 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.