O'zbekiston

Toshkentda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin — Maxsus komissiya ogohlantirdi

Shamol 12–15 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkentda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin — Maxsus komissiya ogohlantirdi

 

Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin mintaqaviy markazi hamda Gidrometeorologiya xizmati agentligi prognozlariga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida nam havo massalari kirib kelishi arafasida qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin.

 

Ma’lum qilinishicha, kun davomida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli mavjud. Shamol tezligi 3–8 metr/soniyani tashkil etadi, ayrim joylarda esa 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Kuchli shamol ta’sirida ayrim hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi kutilmoqda.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur holat tufayli atmosfera havosida chang zarrachalari, xususan PM10 ko‘rsatkichlari qisqa muddatga ortishi mumkin. Biroq yog‘ingarchiliklar hisobiga kunning ikkinchi yarmida havo sifati asta-sekin yaxshilanishi prognoz qilinmoqda.

 

Shu munosabat bilan nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya hamda yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolari mavjud fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etildi. Zarurat bo‘lmaganda uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda himoya niqoblaridan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

 

Hozirda atmosfera havosi holati Maxsus komissiya tomonidan doimiy nazorat va monitoring ostiga olingan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.