O'zbekiston

"O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 180 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda" — Prezident

Davlat rahbari O‘zbekiston teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor investorlar uchun doimo ochiq ekanini ta’kidladi.

"O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 180 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda" — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlarda o‘sib borayotganini ta’kidlab, 2026-yil yakuniga qadar mamlakat yalpi ichki mahsuloti 180 milliard dollardan oshishi kutilayotganini ma’lum qildi.

 

“Ko‘pchilikning yodida, biz to‘rt yil avval bo‘lib o‘tgan ilk forumda 2026-yil yakuniga kelib, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotini 100 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan edik. Jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz bu yil 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda!”, – dedi Prezident.

 

Prezidentning aytishicha, o‘tgan yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,7 foizga o‘sgan, iqtisodiyotga 43 milliard dollar investitsiya jalb etilgan. Shuningdek, mamlakatning xalqaro zaxiralari 70 milliard dollardan oshgan.

 

Prezident so‘nggi yillarda O‘zbekistonga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilinganini, shundan 123 milliard dollari oxirgi besh yil hissasiga to‘g‘ri kelishini qayd etdi.

 

Davlat rahbari O‘zbekiston teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor investorlar uchun doimo ochiq ekanini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.