Jinoyat

Surxondaryoda qariyb 38 kg giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Ushbu giyohvandlik vositalari Afg‘onistondan olib kirilgan. 2 nafar gumonlanuvchi o‘zidan “jonli konteyner” sifatida foydalangan.

Surxondaryoda qariyb 38 kg giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Afg‘onistondan O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 37,6 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Afg‘onistondan 25 kg 444 gramm opiy va 11 kg 86 gramm gashish olib kirilgani aniqlangan. Giyohvandlik vositalarini nazorat ostida Samarqand shahriga yetkazish jarayonida ularni qabul qilib olayotgan ikki nafar mahalliy va ikki nafar xorijlik fuqaro qo‘lga olingan.

 

Shuningdek, DXX, Chegara qo‘shinlari, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tadbirda Termiz xalqaro savdo markazida 1 kg 76 gramm opiyni 5 ming AQSH dollariga sotishga uringan ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi ushlangan.

 

Tergov davomida ular giyohvandlik vositalarini O‘zbekistonga yashirin olib kirishda o‘z tanalaridan “jonli konteyner” sifatida foydalangani aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"